Energetika vazirligida “Men donorman” aksiyasi ötkazildi
2026-10-22 16:05:00 / Yangiliklar

Bugun Energetika vazirligida navbatdagi qon topşiriş aksiyasi bölib ötdi. Unda vazirlik xodimlari ixtiyoriy ravişda iştirok etib, donorlik orqali bemorlar salomatligini qöllab-quvvatlaşga öz hissalarini qöşdilar.
Donorlik — inson hayotini saqlab qolişga xizmat qiladigan ezgu taşabbus. Ayniqsa, oğir jarohatlar olgan, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan hamda murakkab jarrohlik amaliyotlaridan keyin qon quyişga muhtoj bemorlar uçun donor qoni muhim ahamiyatga ega.
Şu maqsadda, Energetika vazirligi va tizim taşkilotlarida aholi salomatligini asraş hamda insonparvarlik tamoyillarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan donorlik aksiyalari muntazam taşkil etib kelinmoqda.
Qon topşiriş aksiyasi tadbirlari tibbiyot muassasalarida qon zaxirasini töldiriş va bemorlarga zarur yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.





