Korrupsiyaga qarshi kurashda javobgarlik choralari kuchaytirildi
2026-08-20 16:00:00 / Yangiliklar

Avvalroq Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi aniq belgilab qo‘yilib, unga bir qator jinoyat turlari kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.
Xususan, ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llash cheklandi.
Mazkur o‘zgarishlar korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish va javobgarlikning muqarrarligini kuchaytirishga qaratilgan.
Infografikada mazkur 18 ta moddaning batafsil tafsiloti keltirilgan.

