Rejalashtirilgan ishlar qanday amalga oshirilmoqda? Farg‘ona tumani misolida
2026-08-06 10:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumanida tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati doirasida gaz hamda elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni manzilli bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Gaz taʼminoti bo‘yicha: Tumanda gaz tarmoqlarini optimallashtirish ishlari doirasida 47,5 km qoʻshqator gaz quvurlari demontaj qilinib, yagona uzatish tizimiga oʻtkazildi.
Gaz taʼminotining barqarorligini taʼminlash maqsadida 262 ta xonadon ikki bosqichli gaz taʼminoti tizimiga oʻtkazildi. 137 ta eski va samarasiz gaz taqsimlash qurilmasi demontaj qilindi.
Aloqada muammosi mavjud boʻlgan 808 ta aholi gaz hisoblagichining aloqasi tiklanib, qariyb 100 ming kub metr tabiiy gaz hisobini billing tizimiga qayta yoʻnaltirish taʼminlandi.
Suyultirilgan gaz taʼminotida davriylik yuqori boʻlgan mahallalarga qoʻshimcha resurslar yoʻnaltirilib, 2 489 ta isteʼmolchiga 49,7 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Isteʼmolchilar bilan manzilli ishlash natijasida 305,5 mln soʻm debitor qarzdorlik undirildi, qarzdorliklarni qisqartirish ishlari prokuratura va MIB organlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.
Elektr taʼminotida bo‘yicha: Tumanda elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 73 ta transformator punkti va 41,1 km elektr uzatish tarmogʻi mukammal taʼmirlandi.
Shuningdek, 89 ta hisoblagich ASKUE tizimiga moslashtirildi, 447 ta hisoblagichning aloqasi tiklanib, maʼlumotlarning avtomatik uzatilishi qayta yoʻlga qoʻyildi.
Tadbir boshlanganidan buyon 2,7 mlrd soʻm debitor qarzdorlik undirildi.
Oʻrganishlar davomida tabiiy gaz taʼminotida 4 ta, elektr taʼminoti sohasida esa 17 ta noqonuniy holat aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilib, barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
