“E-dalolatnoma” – shaffof nazorat va raqamli boshqaruv sari muhim qadam
2026-07-16 10:20:00 / Yangiliklar

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “E-dalolatnoma” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.
Mazkur zamonaviy tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu esa nazorat tadbirlarini yanada tezkor, aniq va shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.
“E-dalolatnoma” tizimining joriy etilishi natijasida qog‘oz hujjatlar aylanmasi bosqichma-bosqich qisqartirilib, barcha jarayonlar raqamli platforma orqali yuritiladi.
Shuningdek, dalolatnomalarni rasmiylashtirishdagi inson omili kamayib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda nazorat samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
