Yoshlar bilan ochiq muloqotdan:
2026-07-02 14:15:00 / Yangiliklar
#yoshlar_uchrashuv

— “Sirdaryo — O‘zbekiston energetikasining markazi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi vazir.
Ochiq muloqot davomida sohadagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “100 nafar yosh energetik” tanlovi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Tanlov g‘oliblari xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash, tizimdagi yuqori lavozimlarga tavsiya etilish hamda kasbiy salohiyatini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Vazir sohada faoliyat yuritayotgan barcha yoshlarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlab, bu har bir yosh mutaxassis uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, kasbiy o‘sish sari muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.









