2026-yil 30-iyun – 1-iyul kunlari poytaxtimizda II O‘zbekiston – Koreya xalqaro energetika forumi — “Energy Value Networks Forum” bo‘lib o‘tadi
2026-06-27 14:30:00 / Yangiliklar
#forum

Forum O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ko‘magida, “Korea Western Power” va KOICA tomonidan tashkil etilmoqda.
Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston va Koreyaning davlat idoralari, energetika sohasi yetakchilari, ekspertlar va investorlarini birlashtirib, yangi sherikliklar va strategik tashabbuslar uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Tadbir doirasida ilg‘or energetika texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, investitsiyaviy hamkorlik va amaliy loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
