“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yoshlar forumi” o‘z ishini boshladi
2026-06-26 17:45:00 / Yangiliklar

Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida joriy yilning 26–28-iyun kunlari “Yoshlar forumi”ga start berildi.
Forumning ilk dasturi doirasida yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, ishtirokchilar Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan va Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi uyushtirildi.
Tashrif davomida yoshlar markaz faoliyati, noyob tarixiy eksponatlar, shuningdek, Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Renessans davrlarining taraqqiyot bosqichlari hamda ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur ma’rifiy sayohat yoshlarda tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash va intellektual salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.









