Toshkent shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-06-25 21:00:00 / Yangiliklar

25-iyun kuni Toshkent shahrida Energetika vazirligi tomonidan tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Energetika vazirligining Elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Saidatham Anvarov, shuningdek, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiallari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat hamda takliflar bildirildi. Ularning asosiy qismiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda energetika xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.



