O‘zbekiston Respublikasida “Energetika menejmenti tizimlari (foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar)” ІЅO 50001 standarti joriy etildi
2024-08-05 17:55:00 / Yangiliklar
Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida 2024-yil 1-avgustdan boshlab energetika menejmenti tizimi xalqaro standarti (ІЅO 50001) amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida energetika menejmenti tizimi xalqaro standartini (ІЅO 50001) amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida “Energetika menejmenti tizimlari (foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar)" (ІЅO 50001) standartini joriy etish bo‘yicha O‘z DSt ISO 50001:2018 O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti tasdiqlandi.
Sertifikatlashtirilgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari ro‘yxati hamda ishlab chiqilgan talab ko‘rsatmalari bilan ushbu havolada tanishish mumkin.