Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-10 20:20:00 / Yangiliklar

#ochiq_muloqot
Bugun, 10-iyun kuni Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Po‘latov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Ularning ko‘pchiligiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Qolgan masalalar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot hududlardagi muammolarni tez va samarali hal qilish hamda xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


