Toshkent viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-06-04 15:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 4-iyun kuni Toshkent viloyatida kichik va o‘rta biznes subyektlari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Biznes-ombudsman devoni, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, Energetika vazirligi tizimidagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali hamda “Hududgazta’minot” AJ Toshkent hududiy filiali rahbariyati vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud to‘siqlar, infratuzilma va energiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalar hamda huquqbuzarliklar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Tadbirkorlar o‘z murojaatlarini 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari orqali, shuningdek, @ochiqmuloqot2026_bot orqali yo‘llashlari mumkin.





