Energetika sohasidagi islohotlar — talabalar nigohida
2026-05-21 18:10:00 / Yangiliklar

Bugun Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkent xalqaro Westminster universiteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori Komiljon Karimov, vazirlik hamda universitet mas'ullari ishtirok etdi.
Vazir talabalarga yurtimiz yoqilg‘i-energetika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, elektr energiyasi generatsiyasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda sohadagi istiqbolli loyihalar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Muloqot orqali talabalar yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida olib borilayotgan ishlar, yangi quvvatlar va sohadagi zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlanganidek, bugun energetika sohasidagi yirik loyihalarni samarali boshqarish uchun zamonaviy bilim va boshqaruv ko‘nikmasiga ega mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Westminster universiteti esa aynan boshqaruv yo‘nalishida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab kelmoqda.
Uchrashuv so‘nggida talabalar bilan qizg‘in savol-javob va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.



