1104 — Call-markazlar 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda
2026-05-16 16:00:00 / Yangiliklar
#tabiiy_gaz #murojaatlar

Gaz taʻminoti masalalari boʻyicha isteʼmolchilarning murojaatlarini tezkor qabul qilishni taʼminlash maqsadida 1104 qisqa raqamli Call-markazlar 24/7 ish rejimida faoliyat yuritmoqda.
Iste’molchilar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilyapti.
Murojaatlarni qabul qilish qamrovini kengaytirish va xizmat sifatini oshirish maqsadida operatorlar soni bosqichma-bosqich koʻpaytirilib, ayni vaqtda Call-markazlarda 100 nafarga yaqin operator faoliyat olib bormoqda.
