Elektr ta’minotida aholi bilan doimiy muloqot
2026-05-16 11:10:00 / Yangiliklar
#elektr_energiyasi #murojaatlar

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida energetika tizimi doimiy ish rejimida faoliyat yuritadi.
Tizimning barqaror ishlashini ta’minlash va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
Shuningdek, elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat, savol va takliflarni qabul qilish hamda ularni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida hududiy call-markazlar tunu kun ishlab turibdi.
Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📞1154
