Xalqaro hamkorlik va innovatsion energetika yo‘nalishida qator konferensiya va treninglar o‘tkazildi
2026-05-16 10:30:00 / Yangiliklar

“O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” doirasida Energetika vazirligi tomonidan bir qator xalqaro konferensiya va treninglar tashkil etildi.
Xususan, 12-may kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada Xitoyning “International Center on Small Hydro Power” markazi bosh direktori Wu Xianhong “Yangi energetikani rivojlantirish imkoniyatlari hamda kasbiy ta’lim va bandlik sohasida Xitoy–O‘zbekiston transchegaraviy hamkorligining istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.
13-may kuni “Multi-energetika jihozlar interneti asosidagi yangi energiya saqlash tizimlari texnologiyalaridagi innovatsiyalar” mavzusida trening tashkil etildi. Treningni “Shenjen Innovatsion tadqiqot instituti” direktori Zhang Fuxing olib bordi.
Shuningdek, 14-may kuni “Zhejiang Ai-Bess Technology Co., Ltd.” boshqaruv kengashi raisi, fan doktori Xu Zhiyong tomonidan “Keng qamrovli uglerodsiz elektr energetika tizimi — O‘zbekiston energetik transformatsiyasi va iqtisodiy rivojlanishining drayveri” mavzusida trening o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida zamonaviy energetika texnologiyalari, innovatsion yechimlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.



