Kun raqami: “Yashil” energiya 4 mlrd kVt⋅soatga yetdi — bu o‘tgan yilning mos davridagidan 29%ga ko‘p
2026-05-14 19:45:00 / Yangiliklar

Bugun, 14-may kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 4 mlrd kVt⋅soatga yetdi.
Xususan, quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 315 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 1 mlrd 685 mln kVt⋅soat, jami 4 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan 24 kun avval, 20-aprel kuni quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qilgan edi.
Ma’lumot uchun: 2026-yilning boshidan quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 898 mln kVt·soat yoki 29 foizga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
1 mlrd 66 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
atmosferaga 2,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 14-may kuni holatiga O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 6 mlrd 160 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
1,6 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
atmosferaga 3,4 mln tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 4,4 mln xonadonning 4,5 oylik yoki 1,6 mln xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.
