2026-yil aprel oyida “yashil” energiya ishlab chiqarish 9,8%ga oshdi
2026-05-08 10:00:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

Joriy yilning aprel oyida yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1 mlrd 28,3 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,8 mln kVt⋅soat yoki 9,8 foizga ko‘p demakdir.
Xususan:
- Quyosh FES tomonidan — 700,2 mln kVt⋅soat;
- Shamol ES tomonidan — 328,1 mln kVt⋅soat.
Buning natijasida:
- 244 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- atmosferaga 591 mln tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Ma’lumot uchun: 2025-yil aprel oyida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 936,5 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 5 mln xonadonning 1 oylik yoki 428 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.
yanvar—aprel oylarida “yashil” energiya
