“ACWA Power” raisi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyevga: Saudiya podshohligi O‘zbekistonga investitsiyani yanada ko‘paytirishga ko‘rsatma berdi
2026-05-04 12:35:00 / Yangiliklar

“Janob Prezident, kezi kelganda Sizning uzoqni ko‘ra olish qobiliyatingizga yana bir bor tan berganimni aytmoqchiman.
Siz dunyoda energetika sohasida, energetik xavfsizlik bo‘yicha boshqalardan ancha o‘zib ketdingiz.
Ya’ni hozir dunyoda bo‘layotgan voqealarni oldindan sezgandek, “yashil” energetikaga investitsiya kiritishni jadal ilgari surdingiz.
Hozir dunyoda O‘zbekistonning bunday oqilona siyosati haqida ko‘pchilik e’tirof etib gapirapti”,
— dedi Muhammad Abunayyan.
