Raqamli texnologiya va sunʼiy intellektning rivojlanishi, oʻz navbatida, energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojni keskin oshirmoqda
2026-05-04 11:55:00 / Yangiliklar

Xalqaro energetika agentligi tahlillariga koʻra, 2030-yilga borib, data markazlarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi hozirgidan 2-3 karra oshadi. Bunday sharoitda investorlarga arzon, ishonchli va “yashil” energiya taklif qilgan davlatlargina global bozorda raqobatbardosh boʻla oladi.
Oʻzbekiston bu borada dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5,6 ming megavattlik yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada “yashil” energiya ulushini 30 foizga yetkazdi. 2030-yilga borib, bu koʻrsatkichni 54 foizga olib chiqish reja qilingan.
“Umuman olganda, mintaqamizning qayta tiklanuvchi energiya generatsiyasi boʻyicha juda katta salohiyati bor. Toza energiya eksportini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo – Yevropa “yashil” energetika koridorini yaratishda Osiyo taraqqiyot banki koʻrsatayotgan yordamni minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz.
Mintaqa davlatlari bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda ushbu “energetik arteriya” loyihasini boshlashiga ishonamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
