Navoiy IESda zamonaviy energetika texnologiyalari joriy etilmoqda
2026-04-24 10:15:00 / Yangiliklar
#elektr_energiyasi #energiya_tejamkorlik

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 650 MVt bo‘lgan uchinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy gaz va bug‘ turbinalari o‘rnatilmoqda. Ushbu qurilmalar yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, energiya ishlab chiqarish hajmini sezilarli oshirish imkonini beradi.
Gaz turbinasining quvvati 479,9 MVt, bug‘ turbinasining quvvati esa 176,4 MVtni tashkil etadi.
Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 4,8 mlrd kVt·soat elektr va 200 GKal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, yiliga 870 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
