Ba’zan bir rasm katta qiziqishning boshlanishiga aylanadi
2026-04-17 17:00:00 / Yangiliklar
#yoshlar_uchrashuv

Vazirning talabalar bilan uchrashuvi davomida unga shamol elektr stansiyasi tasvirlangan rasm sovg‘a qilindi. Rasm muallifi — shamol turbinalarini katta qiziqish bilan tasvirlagan talaba qiz ekani ma’lum bo‘ldi.
Suhbat davomida esa qiziq bir holat ma’lum bo‘ldi: rasmni chizgan talaba shamol elektr stansiyasini hali jonli ravishda ko‘rmagan ekan.
Bu holatni eshitgan vazir yoshlarning energetika sohasiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidlab, talaba uchun shamol elektr stansiyasiga borib, uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi uchun tashrif tashkil etilishini va’da qildi.
Chunki baʼzan katta energetikaga bo‘lgan qiziqish oddiy bir rasmdan boshlanishi mumkin.
