2026 yil I-chorakda dizel ishlab chiqarish 54,5%ga oshdi
2026-04-04 21:50:00 / Yangiliklar

2026-yilning yanvar–mart oylarida mamlakatimizdagi neftni qayta ishlash zavodlari va Uzbekistan GTL da jami 249 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 87,8 ming tonnaga ko‘p, ya’ni 54,5 foiz o‘sish qayd etildi. O‘tgan yilning shu davrida 161,2 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan edi.
Oylar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
➖ yanvar — 78,3 ming tonna
(o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan +135,8%);
➖ fevral — 57,4 ming tonna
(o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan +20,3%);
➖ mart — 113,3 ming tonna
(o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan +41,1%).
Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmining ortishi neftni qayta ishlash quvvatlaridan samarali foydalanish hamda ichki yoqilg‘i bozorini barqaror ta’minlashga xizmat qilmoqda.
