Ayni daqiqalarda Energetika vazirligi hamda Global yashil o‘sish instituti hamkorligida “O‘zbekiston uchun toza vodorod” loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
2026-04-02 10:45:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

Anjumanda Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda qator xalqaro energetika kompaniyalar mas’ullari ishtirok etmoqda.



