Aholi murojaatlariga tezkor yechim — ustuvor vazifa
2026-04-01 19:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yangiyo‘l shahrining Bog‘bon mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko‘rildi hamda hududdagi mavjud muammolar qisqa muddatda bartaraf etildi.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
