Ayni daqiqalarda Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lajak energetiklar — talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda
2026-03-28 10:00:00 / Yangiliklar
#yoshlar_uchrashuvi

Unda energetika sohasiga ixtisoslashgan bir qator oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuv doirasida bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.
Jumladan, talabalar o‘rtasida sport musobaqalari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi, shuningdek, mahalla faollari ishtirokida milliy taomlar tayyorlanadi.
Ayni paytda sport o‘yinlariga start berildi.






