O‘zbekiston energetika tizimida energiya saqlash tizimlari rivojlanmoqda
2026-03-17 16:15:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

2024-yilda ilk bor Farg‘ona va Andijon viloyatlarida har birining quvvati 150 MVtdan bo‘lgan 2 ta — jami 300 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi ishga tushirilgan edi.
2025-yilda yurtimiz hududlarida umumiy quvvati 1245 MVt bo‘lgan 10 ta energiya saqlash tizimi ishga tushirildi.
2026-yilda yana jami quvvati 884 MVt bo‘lgan 6 ta energiya saqlash tizimi foydalanishga topshiriladi.
2030-yilga borib energiya saqlash tizimlari quvvatini 4,5 GVtga yetkazish rejalashtirilgan.
