Yurtimizda umumiy quvvati 2 441 MVtga teng bo‘lgan 100 dan ortiq GES bor
2026-03-17 13:35:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

2025-yilda GESlar tomonidan 6,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
2026-yil boshidan bugungi kungacha 1 mlrd 90 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 63 mln kVt·soat yoki 106 foizga ko‘p.
Gidroenergetika sohasida mahalliylashtirish: Bo‘stonliq tumanida gidroagregatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “UzHydroPower” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.
Ushbu korxonada quvvati 1 kVtdan 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregat va zaruriy ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.
