Murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash maqsadida energetika sohasi korxonalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzildi
2026-03-16 18:35:00 / Yangiliklar

Ayni daqiqalarda Energetika vazirligida “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Energetika vazirligi, Bosh prokuratura, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari ishtirok etmoqda.
Videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o‘rganish hamda bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinmoqda. Shu maqsadda soha korxonalari mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi.
Mazkur tashabbus Prezidentimiz raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.



