Aholi iste’molchilari 16–31-mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gazga arzonlashtirilgan narxda to‘laydilar
2026-03-16 12:25:00 / Yangiliklar

Avval xabar berginimizdek, respublikamiz hududlarida mart oyi boshida havo haroratining keskin soviganligini inobatga olib, tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi.
“O‘zgidromet” joriy yilning 16-20-mart kunlari respublikamiz hududlarida havo harorati kunduzi +22°С gacha, kechasi +10°С bo‘lishi e’lon qilindi.
Shu munoсabat bilan, bugun, 16-martdan boshlab 1-noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktyabrgacha) “bazaviy meʼyor” amal qiladi.
Mart oyi uchun muhim eslatma: Bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15-mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng uluсhlarda (proporsional) taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradilar.
Tabiiy gaz iste’molidagi barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga “Hududgazta’minot” AJ va uning hududiy filiallari tushuntirishlar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Jumladan, kompensatsiya miqdori:
Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

