Energetika vazirligida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar sport musobaqalarida faol ishtirok etdi
2026-03-14 16:10:00 / Yangiliklar
#sport

Bugun, 14-mart kuni vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu musobaqalarda Energetika vazirligida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.




