Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — bu faqat soha vazifasi emas, balki barchamizning masʼuliyatimiz
2026-03-13 11:55:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda energiyadan oqilona foydalanish, samaradorlikni oshirish va tejamkorlik madaniyatini aholi hamda korxonalar hayotiga keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Bu borada iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalari hamda ijtimoiy sohada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Xususan:
2025-yilda energiya tejamkorlik va samaradorlik choralari natijasida:
2,7 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi,
2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi.
Shu bilan birga, 2026-yilda soha va tarmoqlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni yana-da kengaytirish maqsadida:
4,3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi,
2,8 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan.
Bu chora-tadbirlar energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini oshirish hamda mamlakatimiz energetika tizimining barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
