Aziz va muhtarama opa-singillar!
2026-03-08 08:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi”.
Yoqilg‘i-energetika sohasida astoydil mehnat qilib, yurtimiz energiya xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan barcha opa-singillarimiz haqiqatan yuksak e’tirofga loyiq.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz va tashabbuskorligingiz sohamiz rivojida muhim ahamiyatga ega.
Fursatdan foydalanib, har bir kuningiz yaqinlaringiz mehr-muhabbati hamda hamkasblaringiz e’tibori bilan go‘zal, mazmunli va fayzli o‘tsin. Barcha opa-singillarimizga mustahkam sog‘lik, baxt va oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa-singillar!
Hurmat bilan,
Energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov
