Markaziy hududdan Toshkent va vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti barqarorligiga xizmat qiladigan megaloyiha amalga oshirilmoqda
2026-03-03 10:00:00 / Yangiliklar
#elektr_energiyasi

Samarqand viloyatida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, qariyb 700 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi, yirik quvvatli podstansiya hamda 441 km elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda.
Mazkur loyiha markaziy hududdan Toshkent shahri va vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yirik infratuzilma obyekti hisoblanadi.
Loyiha ishga tushgach, yiliga 2,4 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish, qariyb 1 mlrd kVt·soat elektr energiyasini saqlash va tarmoqqa yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.
