Ayrim xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatib beriladi
2026-02-23 11:20:00 / Yangiliklar
#2026_yil_1_martdan

Qonunchilikka ko‘ra, “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyasiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
