Energetiklar Qo‘shrabot tumanida shamol va sel ta’sirida zarar yetgan ustunlar o‘rniga beton tayanchlarni o‘rnatishmoqda
2026-02-10 17:00:00 / Yangiliklar
#jarayon

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida kuchli shamol va sel oqibatida zarar ko‘rgan elektr uzatish ustunlarini tiklash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Ayni paytda energetiklar tomonidan eski va shikastlangan ustunlar o‘rniga mustahkam, yangi beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilyapti.
Tiklash ishlariga qariyb 20 ta maxsus texnika, 17 ta brigada hamda 90 ga yaqin malakali muhandis va xodimlardan iborat guruh jalb etilgan.
Energetiklar elektr ta’minotini qisqa muddatda barqarorlashtirish maqsadida belgilangan reja asosida ish olib bormoqda.


