Hududlarda elektr ta’minotini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda
2026-02-04 17:10:00 / Yangiliklar

Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida hududlarda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti tizimini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida elektr tarmoqlarini yangilash, eskirgan uskunalarni almashtirish hamda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tarmoqlarni ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish, xizmat sifatini yaxshilash va infratuzilmaning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Olib borilayotgan ishlar Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlari misolida.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda Respublika bo‘yicha elektr tarmoqlarini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar:
Mukammal ta’mirlangan tarmoqlar:
Magistral tarmoqlar – 787 km,
Taqsimlovchi tarmoqlar – 29,5 ming km,
Magistral podstansiyadagi transformator – 9 ta,
Transformator punkti – 10 270 ta.
Modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi:
Elektr uzatish tarmoqlari – 8,6 ming km,
Transformator punkti – 2,3 ming ta,
Podstansiyalar – 28 ta,
Natija: 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.






