Energetika vazirligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-02-04 10:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 3-fevral kuni Energetika vazirligida Namangan viloyati Pop tumanidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Dehqonova Robiyaxon hamda Samarqand shahridagi “Marhabo” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Saidov Maqsud bilan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, vazir o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov hamda vazirlikning tegishli masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqilib, bitta murojaat bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatni hal etish yuzasidan esa masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi taʼkidlandi.





