2025-yilda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar
2026-01-05 09:00:00 / Yangiliklar
#sarhisob
Elektr energiyasini ishlab chiqarish:
2024-yil amalda – 81,5 mlrd kVt⋅soat, 2025-yil amalda – 86,7 mlrd kVt⋅soat. O‘sish sur’ati 6%
Shundan “yashil” energiya ishlab chiqarish:
Quyosh, shamol va GESlar orqali 16,8 mlrd kVt⋅soat. O‘sish 2024-yilga nisbatan 29%.
Quyosh va shamol – 10,5 mlrd kVt⋅soat. O‘sish 2024-yilga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
Natijada 3,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejash imkoniyati yaratilib, 4,7 mln tonna zararli tashlanmalar oldi olindi.
Qabul qilingan huquqiy hujjatlar:
Prezident farmon va qarorlari 33 ta
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari 63 ta
Xalqaro hamkor davlatlar:
Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Germaniya, Niderlandiya, Qatar, Yaponiya, AQSh, Finlyandiya, Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Afg‘oniston
Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar: 120 dan ortiq.
Xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish: 2025-yilda yoqilg‘i-energetika kompleksi sohasida jami – 11 mlrd dollar (respublikadagi ulushi – 25 foiz).
1275 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.
Bugungi kunda jami 148 ta elektr stansiya mavjud — 25 797 MVt. Shundan,
IES/IEMlar – 17 551 MVt
GESlar – 2 441 MVt
QFES – 3 930 MVt
ShES – 1652 MVt
Blokstansiyalar – 223 MVt
2025-yilda ishga tushgan generatsiya quvvatlari: 4 647 MVt, 42 ta loyiha:
Quyosh – 1 413 MVt, jami 5 ta
Shamol – 752 MVt, jami 4 ta
Batareya – 1 245 MVt, jami 10 ta
IES – 1 065 MVt, jami 1 ta
GES – 168 MVt, jami 5 ta
Kogeneratsiya – 102 MVt, jami 2 ta
Ishga tushgan taqsimlash tarmoqlari:
Podstansiyalar – 1 614 MVA, jami 11 ta,
Tarmoqlar – 420 km.
Qurilishi boshlangan loyihalar: 3 508 MVt, 21 ta loyiha:
Quyosh – 475 MVt, jami 4 ta,
Shamol – 2 300 MVt, jami 2 ta,
Batareya – 675 MVt, 5 ta,
Kogeneratsiya – 58 MVt, jami 2 ta,
Podstansiyalar – 160 MVA, jami 2 ta,
Tarmoqlar – 2050 km,
Gaz tarmog‘i – 285 km.
Mahalliylashtirish. Ishga tushgan zavodlar:
Yiliga 155 ta gidroagregat ishlab chiqarish zavodi, 40 MVtgacha (Bo‘stonliq tumani),
Yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqarish zavodi, 2 MVAgacha (Angren shahri).
Ilk milliy GES: Uychi tumanida 38 MVt quvvatli GES to‘liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirildi.
Elektr energiyasini yetkazib berish:
2024 yil amalda – 67,5 mlrd kVt⋅soat, 2025 yil amalda – 71 mlrd kVt⋅soat. O‘sish 14%
Elektr energiyasi iste’molchilari soni: jami 8 735 503 ta.
Aholi: yanvar – 7 961 094 ta, dekabr – 8 215 795 ta. O‘sish 3,2%,
Yuridik: yanvar – 483 729 ta, dekabr – 519 708 ta. O‘sish 7,4%.
Ishga tushgan kichik quvvatli quyosh panellari: jami 2 GVt.
Quyosh panellari: jami o‘rnatilgan quvvat 2000 MVt, shundan 2025-yilda – 1025 MVt,
Geliokollektor: jami o‘rnatilgan quvvat – 4 million 943 ming litr, shundan 2025-yilda – 1,74 mln litr.
Quyosh panel o‘rnatgan aholiga 201,7 mlrd so‘m, tadbirkorlik subyektlariga 121,2 mlrd so‘m subsidiya berildi (yanvar-noyabr)
Mukammal ta’mirlangan tarmoqlar:
Magistral tarmoqlar – 787 km,
Taqsimlovchi tarmoqlar – 29,5 ming km,
Magistral podstansiyadagi transformator – 9 ta,
Transformator punkti – 10 270 ta.
Modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi:
Elektr uzatish tarmoqlari – 8,6 ming km,
Transformator punkti – 2,3 ming ta,
Podstansiyalar – 28 ta,
Natija: 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Energiya tejamkorlik:
Elektr energiyasi – 2,7 mlrd kVt⋅soat,
Tabiiy gaz – 2 mlrd kub metr tejaldi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yilda 2,5 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlari ekildi.
