Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
2026-01-30 10:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Hatay viloyatida “Oʻzbekiston” turar joy majmuasining ochilishiga va Istanbulda oʻzbek maktabining qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrifini yakunladi va Toshkentga jo‘nab ketdi. "Esenbog‘a" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari va uning rafiqasini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz kuzatib qo‘ydi.






