Kundalik mas’uliyatli ish
2026-01-13 13:10:00 / Yangiliklar

Energiya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Uni ishlab chiqarish, uzatish va iste’molchiga yetkazish uchun katta resurs, vaqt va mehnat kerak.
Shuning uchun energiyadan samarali foydalanish va tejamkorlik barqaror ta’minotning asosiy shartlaridan biri.
Har bir manba cheklangan, uning uzluksizligi esa to‘g‘ri boshqaruv va doimiy nazoratga bog‘liq.
Bu — kundalik mas’uliyatli ish. Mutaxassislar murakkab ob-havo sharoitida ham energetika obyektlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechiradi, uskunalar holatini tekshiradi, xavfli nuqtalarni barvaqt aniqlab, uzilishlar va avariyalar oldini olish choralarini ko‘radi.
Energiya ta’minoti barqarorligi va xavfsizlik uchun nazorat uzluksiz davom etadi, ob-havo va sharoitdan qat’i nazar.



