Energetiklar “Qamchiq” podstansiyasida texnik profilaktika ishlarini amalga oshirdi
2025-12-26 19:40:00 / Yangiliklar
#elektr_energiyasi

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali energetiklari tomonidan “Qamchiq” dovonidagi podstansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o‘tkazildi.
Xususan, 35/6 kV kuchlanishli “Qamchiq” podstansiyasidagi nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun texnik profilaktika ishlari bajarildi.
Bu ishlar qizish nuqtalarini barvaqt aniqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish imkonini beradi.


