Beshinchi ustuvor yo‘nalish – ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish
2025-12-26 13:40:00 / Yangiliklar

Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalar tashlanmalarini monitoring qilish stansiyasi o‘rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxona bor. Endi filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan voz kechiladi. Ular poytaxt atrofidan ko‘chirilib, hamma joyda markazlashgan qozonxonalar orqali isitish yo‘lga qo‘yiladi.
Shu maqsadda 200 gektardan kam bo‘lmagan agroklasterlar tashkil etiladi, ularning tarkibiga o‘tmoqchi bo‘lgan issiqxonalarga alohida subsidiya beriladi.
