Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Mamatkarimov ishtirokida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘rganish maqsadida videokonfrensaloqa orqali navbatdagi onlayn qabul tashkil etildi
2025-12-24 17:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
#onlayn_qabul

Unda fuqarolar, tadbirkorlar, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan beton ustunlarni o‘rnatish, transformator punktlarini ta’mirlash, gaz bosimi va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni ijobiy hal qilishda amaliy yordam so’raldi.
Har bir murojaat individual tarzda o‘rganilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Hududlar bo‘ylab sayyor qabullar davom etmoqda.




