Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi
2025-12-11 15:35:00 / Yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
▪️elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
▪️transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.
