Yoshlar masalalari bo‘yicha ochiq muloqot: Energetika vazirligi tizimidagi ishlar muhokama qilindi
2025-12-09 17:35:00 / Yangiliklar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan vazirlik va idoralarning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Energetika vazirligi tizimida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar siyosatini amalda qo‘llab-quvvatlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlashga qaratilgan yangi tashabbuslar haqida atroflicha fikr almashildi.
Yig‘ilishda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash hamda tizimdagi yoshlar faolligini oshirishga oid taklif va mulohazalar bildirildi.


