Energetika sohasida gender tengligi va “yashil” rivojlanish masalalari muhokama qilindi
2025-11-13 19:25:00 / Yangiliklar

Energetika vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), BMTning Ayollar tuzilmasi (UN Women) hamda “Dornier Consulting International GmbH” (Dornier Group) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda uglerod-neytral iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha genderga yo‘naltirilgan va adolatli yo‘l xaritasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida texnik davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Energetika vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, YTTB, UN Women, “Dornier Consulting International GmbH” (Dornier Group), “Masdar”, “Voltalia”, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ, “O‘zenergoinspeksiya”, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida gender siyosatini amalga oshirish boʻyicha masʼul xodimlar qatnashdi.
Davra suhbati doirasida loyihaning dastlabki baholash natijalari taqdim etildi va energetika sohasida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning faol ishtirokini kengaytirish, inklyuziv va barqaror “yashil” rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy mexanizmlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekistonda uglerod-neytral iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida gender tengligi masalalariga e’tibor qaratishning muhimlgini ta’kidladilar.






