Euronews telekanalida “Reforms and innovation: How Uzbekistan is unlocking foreign investment opportunities” nomli reportaj efirga uzatildi. Material O‘zbekistonning investitsion va sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan.
2025-11-03 11:05:00 / Yangiliklar

- Reportajda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohruh Gulamov hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Mansurjon Rasulev mamlakatda xorijiy kapital oqimini rag‘batlantiruvchi islohotlar, “bir darcha” raqamli xizmatlari va sanoat zonalari tashkil etilishi haqida ma’lumot berdilar.
- So‘nggi yillarda O‘zbekistonga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi €110 milliarddan oshdi, xorijiy ishtirokdagi korxonalar soni esa 16 mingdan ortdi.
- O‘zbekiston investitsion jozibadorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda – mamlakat investorlar uchun zamonaviy sharoitlar, rivojlangan sanoat bazasi va shaffof hamkorlik tizimini taklif etmoqda. Erkin iqtisodiy zonalar, raqamli xizmatlar, “yashil” va sanoat loyihalari O‘zbekistonni mintaqaviy va global miqyosda ishonchli hamkorga aylantirmoqda.
Euronews materialini quyidagi havola orqali tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
