Ixtisoslik fanlaridan darslik yaratish bo‘yicha tanlov
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi quyidagi shartnoma asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mutaxassislar tanlovini eʼlon qiladi:
Darslik majmualar:
Algebra va geometriya 8-9-sinflar uchun darslik (o`zbek tilida)
Informatika va AT 8-sinflar uchun darslik (o`zbek tilida)
Matematika 6-sinflar uchun darslik (qoraqalpoq tiliga tarjima qilish)
Algebra va geometriya 7-8-sinflar uchun darslik (qoraqalpoq tiliga tarjima qilish)
Informatika va AT 5-6-7-8-sinflar uchun darslik (qoraqalpoq tiliga tarjima qilish)
Kimyo majmualar 7-11-sinf (Kembrij)
Fizika majmualar 9-11-sinf (Kembrij)
Biologiya majmualar 9-11-sinf (Kembrij)
Ona tili 9-10-sinf (qoraqalpoq tilida)
Adabiyot 9-10-sinf (qoraqalpoq tilida)
Ona tili 9-10-sinf (o`zbek tilida)
Adabiyot o`qituvchi kitobi 8-9-10-sinf (o`zbek tilida)
Matnshunoslik 8-sinf (o`zbek tilida)
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati 9-10-sinf (o`zbek tilida)
Talab etiladigan mutaxassislar:
Tuzuvchi-mualliflar;
Fan mutaxassislari (Kembrij: Fizika, biologiya, kimyo majmualar uchun);
Tarjimonlar:
biologiya majmua, kimyo majmua, fizika majmualarni (Kembrij) ingliz tilidan o`zbek tiliga, o`zbek tilidan qoraqalpoq tiliga);
Algebra, Geometriya, Informatika va AT, Nutq madaniyati va notiqlik san’ati darsliklarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish (o`zbek tilidan qoraqalpoq tiliga);
Dizaynerlar;
Sahifalovchilar;
Illustratorlar;
Mas’ul muharrirlar;
Muharrirlar;
Musahhihlar (korrektor).
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
🔹 Tuzuvchi-mualliflar, fan mutaxassislari: oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
🔹 o`z kasbi doirasida professional bo`lishi;
🔹 zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olishi.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
🔹 Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik
🔹 Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
Tanlovda qatnashish istaganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- Ishtirok etish uchun ariza;
- Pasport (ID) nusxasi;
- Ma’lumotnoma-obyektivka (telefon raqami koʻrsatilgan holda);
- ilmiy, metodik, ijodiy ish tajribasi jamlangan portfolio.
Hujjatlarni kitob@piima.uz elektron manziliga yuborish talab etiladi.
Hujjatlar qabulining oxirgi sanasi: 2025-yil 1-aprel
Eslatma: Tanlov ishtirokchilari buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan muayyan mavzuga material topshirishlari kerak. Nomzodlarning topshirgan materiali ishchi guruh tomonidan lozim deb topilsagina nomzod bilan shartnoma tuziladi.
Telefon: (71) 207-20-17 (271, 273)
Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi 114-A uy (It park binosi)
