IB dasturi bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda!
2025-09-25 14:00:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va Xalqaro bakalavriat (IB) vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda nafaqat Al-Beruniy xalqaro maktab-internatining diplom dasturi (DP) bo‘yicha akkreditatsiya jarayoni, balki boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarni ham bosqichma-bosqich IB dasturiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumki, Agentlik tizimidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham IB akkreditatsiya jarayonlari izchil davom etmoqda.
Mazkur hamkorlik xalqaro standartlarga mos ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilarimizni global maydonda raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Avvalroq, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga IB vakillari tashrif buyurgani haqda xabar bergan edik.

