“Raqamli avlod” Respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi
2025-08-30 09:05:00 / Yangiliklar

#raqamli_avlod
“Raqamli avlod” Respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi
Agentlik tizimidagi “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Raqamli avlod” IT oromgohining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oromgoh davomida ishtirokchilarga zamonaviy IT bilimlari berildi, kreativ fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Yakuniy bosqichda eng faol va tashabbuskor ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Raqamli avlod” loyihasi yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kelajak kasblariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






